Qoraqalpog‘iston Respublikasi K.Ubaydullaev nomidagi Respublika pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Qoraqolpog‘iston Respublikasi K.Ubaydullaev nomidagi Respublika pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiInstitut 1936 yili xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish instituti bo‘lib tashkil topgan. 1940 yili institut o‘qituvchilarning malakasini oshirish instituti bo‘lib qayta nomlangan. 1970 yili 2 sentyabrda institutga K.Ubaydulaev nomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 31 martdagi 91/4-sonli qarori asosida institut K.Ubaydullaev nomidagi Respublika xalq ta’limi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bo‘lib qayta tashkil topgan. Bundan keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2001 yil 14 avgustagi 119-sonli buyrug‘i asosida K.Ubaydullaev nomidigi Respublika pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga aylantirildi. 2006 yil 7 iyundagi 149-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” gi buyrug‘i asosida Respublika pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bo‘lib, qayta nomlandi.Institutda 6 ta kafedra, 7 ta bo‘lim tashkil topgan
Kafedralar:
1. Til va adabiyot kafedrasi.
2. Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari kafedrasi.
3. Pedagogika, psixologiya, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi.
4. Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi.
5. Amaliy fanlar kafedrasi.
6. Мактабгача ва бошлангич таълим кафедраси
Bo‘limlar: 1. O‘quv bo‘limi. 2. Yangi axborot texnologiyasi va nashriyot bo‘limi. 3. Masofadan o‘qitish tizimini muvofiqlashtirish markazi 4. Marketing va diagnostika bo‘limi. 5. Xo‘jalik ishlari bo‘limi 6. Hisob-kitob bo‘limi 7. Kadrlar bo‘limi
Hozirgi kunda institutda 28 nafar professor-o‘qituvchi, 53 nafar boshqaruv va ishchi xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Kafedralarda 2 nafar fan doktori va professor, 9 nafar fan nomzodi va o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutda 1 nafar “Shuhrat” medali sohibi, 18 nafar O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi, 17 nafar Qoraqalpoq’iston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi, 1 nafar Qoraqalpoq’iston Respublikasiga mehnati singan o‘qituvchi, 1 nafar Qoraqalpoq’iston Respublikasiga mehnati singan madaniyat xodimi, 1 nafar Qoraqalpoq’iston Respublikasiga mehnati singan fan arbobi faoliyat ko’rsatmoqda.Eng dolzarb mavzularda ma’ruza o‘qish uchun Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutidan va boshqa respublikamizning ko‘zga ko‘ringan professorlari, fan arboblari, ijodkor o‘qituvchilarni taklif etish an’anaga aylangan. Institutning professor-o‘qituvchilari tomonidan ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.Institutda har yili Respublika xalq ta’limi muassasalarining 6 mingdan ortiq pedagog xodimlari o‘z malakalarini oshiradi.Institutning moddiy bazasida 4 ta imorat bo‘lib, unda 26 auditoriya, 2 ta majlislar zali, 1 ta sport zali, yotoqxona, sanatoriy-profilaktoriya, 1 ustoxona mavjud. Institutda 4 ta kompyuter sinfxonalari, 25 o’rinli kutubqona tashkil etilgan. Bugungi kunda umumiy kitob fondi 15000 bo‘lgan kutubxonadan institut xodimlari va har oyda 550-600 nafar tinglovchilar foydalanib kelmoqdalar. Tinglovchilar uchun 50 o‘rinli sanatoriy-profilaktoriy mavjud bo‘lib, unda har yili 500 dan ortiq pedagoglarimiz malaka oshirish bilan bir vaqtda davolanib, o‘z salomatliklarini tiklash uchun sharoit yaratilgan. Institutning ish faoliyatini aks ettiruvchi o‘z veb sayti ishlab chiqildi.
Sayt manzili: www.krmoi.kr.uz
Institut manzili: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri E.Alako‘z ko‘chasi 54 uy. Telefonlar: (8361) 2241380, 2241463, 2242709, 2241836 Faks: 2241380, 2241463, 2242638 E-mail: krmoi@mail.uz, qoraqalogiston_rmoi@uzedu.uz Telefon raqami: 224-13-80, 224-14-63, 224-27-09